Yil boshidan buyon O‘zbekiston 3,42 mlrd dollarlik oltin eksport qildi, bu o‘tgan yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 11,8 foizga ko‘p. Ushbu qimmatbaho metallning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 40 foizdan oshdi.
Mart oyida ham O‘zbekiston 11 tonna ko‘rsatkich bilan dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi. Fevralda 12 tonna qimmatbaho metall sotilgandi.
Mart oyida O‘zbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boshidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu mamlakat umumiy eksportining 41,7 foizini tashkil etadi.
Fevral oyida O‘zbekiston 12 tonna qimmatbaho metall sotgan holda dunyoda eng ko‘p oltin sotuvchiga aylandi. 2023-yilda mamlakat oltin sotish bo‘yicha ikkinchi bo‘lgandi.
O‘zbekistonning tovar aylanmasi 2023-yilda 23,8 foizga oshib, 62,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Savdo taqchilligi rekord daraja — 13,7 mlrd dollarga yetdi. Eksportning uchdan bir qismini rekord darajada sotilgan oltin tashkil etdi. Oziq-ovqat, neft va gaz importi keskin oshdi.
2023-yilning 11 oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd dollarga (+26,2 foiz) yetdi. Import eksportdan qariyb 11 mlrd dollarga oshdi. Oltin eksporti 2,3 baravar ko‘payib, rekord daraja — 8,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Samolyotlar, avtomobillar, neft va boshqa resurslar importi yuqoriladi.
2023-yil oktabr oyida O‘zbekiston 11 tonna oltin sotib, bu bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egalladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting